Biznesingizni avtomatlashtiraman

Biznesingizga kerakli dasturni xohishingizga qarab qilib beraman: CRM tizim, buyurtma sayti, landing, portfolio sayt, Telegram bot, Android ilova va boshqalar.

atoyo — do'kon platformasi (2026-oktabrgacha ishladi) 9 ta botim Telegram'da 2 hafta bepul moslash

Nima qilib beraman

Narx va muddat taxminiy (o'rtacha). Aniq narx va muddat biznesingizdagi muammo, loyihaning hajmi va holatiga qarab o'zgarishi mumkin — yozing, 1 kunda aniq taklif beraman.

Nima qilinadi

  • Mijoz savol beradi — bot darhol javob beradi
  • Ariza va buyurtma sizning Telegram'ingizga tushadi
  • Mijozlar ro'yxati botning o'zida saqlanadi
  • Botni ishga tushirib, qanday ishlatishni o'rgataman

Kimga mos

Do'kon, kafe, o'quv markaz, go'zallik saloni, xizmat ko'rsatish.

Muddat: ≈ 3–7 kun
Narx: ≈ 1,5 mln so'mdan

Nima qilinadi

  • Telegram ichida chiroyli menyu yoki katalog ochiladi
  • Mijoz tanlaydi, savatga soladi, buyurtma beradi
  • Buyurtma sizga va xodimlaringizga darhol keladi
  • Narx va taomlarni o'zingiz o'zgartira olasiz

Kimga mos

Restoran, kafe, yetkazib berish, kichik do'kon.

Muddat: ≈ 2–3 hafta
Narx: ≈ 4,5 mln so'mdan

Nima qilinadi

  • Telefonda ham, kompyuterda ham yaxshi ko'rinadi
  • Xizmatlar, narxlar, manzil va xarita
  • Ariza formasi — xabar Telegram'ingizga keladi
  • Google'da topilishi uchun sozlab beraman

Kimga mos

Yangi biznes, xizmat ko'rsatuvchilar, o'quv markaz, usta va mutaxassislar.

Muddat: ≈ 5–10 kun
Narx: ≈ 3 mln so'mdan

Nima qilinadi

  • Mahsulotlar katalogi, qidiruv va savat
  • Buyurtma Telegram'ingizga ham tushadi
  • Admin panel: mahsulot va narxni o'zingiz o'zgartirasiz
  • Domenga joylab, ishga tushirib beraman

Kimga mos

Mahsuloti ko'p do'konlar: kiyim, oziq-ovqat, uy-ro'zg'or buyumlari.

Muddat: ≈ 3–5 hafta
Narx: ≈ 8 mln so'mdan

Nima qilinadi

  • Katalog, savat, buyurtma
  • Yangiliklar haqida telefonga xabar (bildirishnoma)
  • Saytingiz va Telegram bilan bitta ma'lumotlar bazasida
  • Play Market'ga joylab beraman

Kimga mos

Doimiy mijozi bor do'kon, yetkazib berish va xizmat ko'rsatuvchilar.

Muddat: ≈ 3–6 hafta
Narx: ≈ 5 mln so'mdan

Nima qilinadi

  • Tovar kirimi va chiqimi, ombordagi qoldiq
  • Kassa va kunlik savdo hisoboti
  • Qaysi tovar ko'p sotilayotgani, qaysi biri qolib ketgani
  • Daftar va Excel o'rniga bitta tizim

Kimga mos

Ombori va kassasi bor do'konlar, ulgurji savdo.

Muddat: ≈ 1–2 oy
Narx: ≈ 12 mln so'mdan

Nimalar qo'shish mumkin

  • AI yordamida mahsulot kiritish — +2 mln so'm
  • Do'kon TV ekrani — +2 mln so'm
  • Telefon ilovasi (saytga qo'shimcha) — +5 mln so'm
  • Oylik qo'llab-quvvatlash — 500 ming so'm/oy

Kimga mos

Yuqoridagi paketlardan birini tanlagan har bir mijoz.

Server va domen to'lovi — mijoz hisobidan.

Ariza qoldirish

Ishlarim

Ochib ko'rish mumkin bo'lganlari. Har kartada holati rost yozilgan.

Atoyo Santexnika demo sahifasi: katalog toifalari va bosh banner

Atoyo Santexnika

Demo

Qo'qondagi santexnika do'koni uchun: mijoz narx so'rab yozmasin — katalog, buyurtma va admin panel bir joyda.

Do'kon to'xtatgan (2026-10-26) — shu sababli jonli sayt emas, demo ochiladi.

  • Next.js 16
  • Firebase
  • Telegram bot
  • Android

KidsWear

Qurilmoqda

Bolalar kiyimi do'koni uchun: veb sayt va Android ilova bitta kod bazasida, buyurtma real vaqtda ko'rinadi.

Demo katalog; to'lov sinov rejimida (Payme/Click hali ulanmagan).

  • React 19
  • MUI
  • React Native
  • Firebase

Katalog-bot

Atoyo uchun

Do'kon admini uchun: mahsulot rasmini tashlaydi — bot tayyor katalog kartasini yozib beradi.

Ichki bot, ommaga ochiq emas — namunani so'rab ko'ring.

  • Python
  • Gemini Vision
  • Telegram
3D Lab: okean va orol, suvda eshkakli qayiq

Portfolio 3D

Ishlayapti

Ish beruvchi uchun: kimligim va ishlarim bir joyda; ichida qayiqni o'zingiz boshqaradigan 3D sahna (/ocean).

Aloqa formasi arizani to'g'ridan-to'g'ri Telegram'ga yuboradi.

  • React 19
  • Three.js
  • GSAP
  • Vite 8

Organick

Ishlayapti

Kichik oziq-ovqat do'koni uchun: uch tilli katalog, savat, buyurtma va admin panel; buyurtma Telegram'ga tushadi.

Onlayn to'lov hali yo'q.

  • React 19
  • Tailwind v4
  • Vite 8
  • Firebase

Misol: Atoyo Santexnika

Qo'qondagi santexnika do'koni.

Oldin

Mijozlar narxni so'rab yozardi, sotuvchi kun bo'yi javob berardi. Buyurtmalar qo'lda yozilardi, kanalda eski narxlar qolib ketardi.

Hozir

Qo'qondagi do'konda 2026-yil oktabrgacha ishladi; hozir to'xtatilgan: do'kon xodimlarining butun tizimni boshqarishga vaqti yo'q. Mijoz narxni o'zi ko'radi, buyurtma do'konning Telegram guruhiga tushadi.

⏸ Sayt to'xtatilgan (2026-10-26) · repo private

Nima qildim
  • 🌐Sayt — katalog, qidiruv, buyurtma
  • 📥Buyurtmalar guruhga — bitta tugma bilan qabul qilinadi
  • 🤖Telegram bot — botdan ham buyurtma berish mumkin
  • 📢Kanal — yangi mahsulot o'zi e'lon qilinadi
  • 📱Android ilova
  • 🛠Admin panel — mahsulot, narx, buyurtmalar

Onlayn to'lov (Payme, Click) hali ulanmagan.

Telegram'dagi botlarim

Ochib ko'rishingiz mumkin.

Qanday ishlaymiz

  1. KelishamizNima qilinadi, muddat va narx — yozma
  2. 50% oldindanShundan keyin boshlayman
  3. Ko'rsatib boramanHar bosqichda ko'rib turasiz
  4. TopshiramanQolgan 50% shu yerda
  5. 2 hafta bepulIshlatib ko'rasiz: noqulay joy yoki o'zgartirish, qo'shish kerak bo'lsa — qilib beraman
  6. Doimiy xizmatServer va domen menda turadi, ishlashini kuzataman. Oylik to'lov — ishga qarab kelishiladi

Savollar

Narxi qancha?

Ishga qarab. Nima kerakligini yozing, aytaman.

Domen va server kimda turadi?

Menda. Ularni o'zim ulayman va o'zim qarab turaman — siz har oy serverga pul to'lash, muddatini kuzatish bilan ovora bo'lmaysiz. Server va domen xarajati oylik xizmat to'loviga qo'shiladi.

To'lov qanday?

Karta yoki naqd. Yarmi oldindan, yarmi topshirganda.

Keyin muammo chiqsa-chi?

2 hafta bepul: ishlatib ko'rib, noqulay joylarni aytasiz — o'zgartiraman, kerakli narsani qo'shaman. Keyin — doimiy xizmat: server va domen, kuzatish, kichik o'zgarishlar. Narxi ishga qarab kelishiladi.

Ariza

Ism, telefon va xabarni yozing — ariza menga darhol keladi.

Arizangiz to'g'ridan-to'g'ri menga keladi.